Vetnamda tendensiyaga ega bo‘lgan beshta IT soha
Vetnam past texnologiyali ishlab chiqarishdan xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tayotgan bir paytda, mamlakatning axborot texnologiyalari (IT) bozori Xitoy va Hindistondagi IT -kompaniyalarning raqobatchisi sifatida jadal rivojlanmoqda. Bunga Vetnamning mahalliy korxonalar va global texnologiya yetkazib beruvchilari uchun mintaqaviy bozor sifatida o‘sishi qisman yordam berdi.
Vetnam Industriya 4.0 ni barcha sohalarda tatbiq etar ekan, investorlar IT-biznesni mamlakatda rivojlantirish afzalliklarini hisobga olishadi.
Sanoatning asosiy qismini xorijiy investitsiyalar tashkil etadi va transmilliy korporatsiyalar esa mamlakatda elektron komponent ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtiradi. 2017 yilda barcha IT daromadlarining kamida 86 foizi apparat ta’minotlaridan tushgan. Strategik konsalting firmasi va global autsorsing kompaniyasi Tholons Vetnamni dunyodagi sakkizinchi eng yaxshi IT xizmat ko‘rsatuvchi provayder sifatida belgiladi.
Tendensiyaga ega bo‘lgan beshta IT soha
Bunday kuchli rivojlanish va uning mohiyatini tushunish uchun biz potensialni ko‘rsatadigan va hozirda Vetnamning IT sektorida trendda bo‘layotgan beshta kichik sektorni ko‘rib chiqamiz.
Fintex
Raqamli to‘lovlar – MoMo, Moca va Zalo Pay mobil to‘lov ilovalari yetakchilik qiladigan eng mashhur segment.
Blokcheyn va kriptovalyuta ushbu sektorda tobora ommalashib borayotgan yana bir segmentdir. TomoChain va Kyber Network kabi bir qancha kompaniyalar kriptovalyutalar bilan ishlaydi, bu esa iste’molchilarga tezroq va arzonroq operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Sun’iy intellekt
Vetnamdagi sun’iy intellekt (AI) sohasi katta salohiyatga ega. Mamlakatda AI inson resurslari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, transport va elektron tijorat sohasidagi global tendensiyalarga mos ravishda rivojlanadi.
Sun’iy intellektning mamlakatda qay darajada qo‘llanilishini FPT korporatsiyasidan ko‘rish mumkin. Viettel Group esa operatsiyalar uchun endoskopiyada sun’iy intellektdan foydalangan. Viettel, shuningdek, kiberhujumlarga qarshi kurashish va korxonalarga ichki IT xavfsizligini ta’minlashda yordam berish uchun AI’dan foydalanmoqda.
Elektron tijorat
Vetnam elektron tijorat assotsiatsiyasining 2019 yildagi elektron biznes indeksi hisobotiga ko‘ra, Vetnamning elektron tijorat bozori 2025 yilga kelib Indoneziya va Tailanddan keyin uchinchi o‘rinni egallashi mumkin.
Shopee, Sendo va Tiki kabi mahalliy elektron tijorat firmalari Lazada va Shopee kabi mintaqaviy o‘yinchilar bilan raqobatlashadigan veb-saytlarni boshqaradi. Iste’molchilar elektron tijorat uchun Instagram va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlardan ham foydalanadilar.
Dasturiy ta’minotni autsorsing qilish
Vetnam Xitoy va Hindiston kabi an’anaviy bozorlarga qaraganda arzonroq autsorsing hududga aylandi. Vetnam dasturiy ta’minot va IT xizmatlari assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, dasturiy ta’minot sanoatiga 2018 yilda 8,8 milliard dollar daromad olishga yordam berdi.
Hukumat yuqori texnologiya parklarini rivojlantirmoqda, shuningdek, sanoatni rivojlantirish uchun bir qancha imtiyozlar taklif qilmoqda. Misol uchun, Danang, ayniqsa, yapon korxonalari uchun dasturiy ta’minot autsorsing markaziga aylandi.
Ta’lim texnologiyasi
Vetnamda bolalarning bog‘chadan 12 sinfgacha tahsil olishlari uchun mahalliy aholi o‘z ixtiyoridagi daromadlarining 40 foizini sarflaydi. Violen. vn, Hocmai. vn va Topical kabi Edtech kompaniyalari bu sohada muvaffaqiyat qozonishdi. Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va Avstraliyadagi xorijiy investorlar doimiy qiziqish bildiradi.
Hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi
Hukumat IT sohasiga sarmoya kiritishga ustuvor ahamiyat beradi va rag‘batlantiradi. IT kompaniyalari to‘rt yilgacha bo‘lgan muddatga korporativ daromad solig‘idan ozod etiladi, so‘ngra to‘qqiz yilgacha soliqni 50 foizga kamaytirish huquqiga ega. Hukumat kompyuter dasturlash faoliyati uchun daromad solig‘i bo‘yicha xuddi shunday imtiyozlarni, jumladan, 0 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘ini joriy qildi.
Shuningdek qarorlar IT sohasida ishlaydigan ishchilar uchun shaxsiy daromadlaridan olinadigan soliqni 50 foizga kamaytirishni o‘z ichiga oladi.
Hukumat, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab yuqori texnologiyali parklarni tobora ko‘paytirmoqda. Bundan tashqari, ushbu parklar ichidagi IT biznes uchun yer ijarasidan ozod qilish kabi qo‘shimcha imtiyozlarga imkon beradi.
Vetnamda IT o‘sishi yiliga 30 foiz atrofida o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda. Hukumat IT’ni qo‘llash va rivojlantirishni rag‘batlantirishga sodiqdir va bu uning Industriya 4.0 va ASEAN «Aqlli shahar» tarmog‘ini qamrab olishida yaqqol namoyon bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter