Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Yandex Go har bir haydovchi va yo‘lovchiga 101 million so‘mgacha to‘laydi...

Yandex kompaniyasi O‘zbekistonda taksida harakatlanayotgan yo‘lovchilar va haydovchilarni sug‘urtalash dasturini ishga tushirdi. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan taqdirda, avtomashinada jabrlangan har bir yo‘lovchi yoki haydovchiga 101 880 810 so‘mgacha tovon puli to‘lanadi.

Yangi funksiyani alohida yoqishning hojati yo‘q — sug‘urta avtomatik ravishda Yandex Go xizmati orqali band qilingan barcha sayohatlarga qo‘llaniladi. Voqea sodir bo‘lgan taqdirda, yo‘lovchilar va haydovchilar ilova orqali Yandex qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishlari kerak. Ular safarni sug‘urtalagan kompaniya telefon raqamlari va nima qilish kerakligi haqida batafsil ko‘rsatmalar olishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring