Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Kelinlarning o‘rni boshqa, xizmatkorlikka robot oling!(VIDEO)

"Bolali uy bozor!" deydi dono xalqimiz. Bozor bo‘lgan uyning tartibli turishi ham oson emas, albatta.
Ammo siz hali ham nabiralaringiz to‘zg‘itib yuborgan uyni kelinposhshangizga kuniga 3 mahaldan tozalatayotgan bo‘lsangiz, sizga ajoyib yangiligimiz bor. Allaqachon mamlakatimizdagi bozor rastalarini zabt etishga ulgurgan "aqlli changyutgich" xizmatingizga muntazir!

Qaynana-kelin janjaliga debocha bo‘luvchi uy ishlariga barham berish vaqti keldi.
Bolalarning to‘poloni-yu uy ishlaridan azbaroyi charchagan keliningizning qovoq-tumshug‘i va qolaversa, oddiy changyutgichning shovqinidan qon bosimingiz ko‘tarilib, davolanishga sarflaydigan pulingizga aqlli changyutgich oling va har qanday qo‘l mehnati sun’iy intellekt ko‘magi bilan o‘rin almashayotgan texnologiya asrida zamon bilan hamnafas bo‘ling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring