Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Elektromobil ishqibozlari diqqatiga: Xitoy elektromobili bilan tanishing!(VIDEO)

IT-Gadjet loyihasi ijodkorlari shu kunga qadar katta-kichik gadjetlarning tasnifiyu xususiyatlari bilan tanishtirib, sizni qiziqtirgan brend mahsulotlarini tanlash borasida qimmatli maslahatlarini ulashib kelishdi.

Bugun esa ko‘rsatuvimizni siz aziz kuzatuvchilarimizning talab va takliflaringizni inobatga olgan holda, hozirgi kunda ko‘pchilikning orzusiga aylangan elektromobillarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida tayyorlashga qaror qildik.

Mashhur Tesla elektromobili haqida saytimizdagi maqolalar orqali yaxshigina ma’lumotga ega bo‘lsangiz kerak. Bugun esa sizlarni Xitoy elektromobili bilan jonli tarzda tanishtiramiz.

Qadrli obunachilarimiz, sizni yana qanday gadjetlar qiziqtiradi? Izohlarda takliflaringizni yozib yuboring, biz albatta kelgusi dasturlarda fikrlaringizni inobatga olamiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring