Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Arab amirlaridan 136 ming dollar olib qaytgan besh o‘zbek yigiti

Oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilish, afsuski, hatto muqaddas Ramazon oyida ham kuzatilmoqda.

Ertalabdan kechgacha 5 daqiqada to‘yadigan qornimiz g‘amini yeb, iftorlik dasturxonini turfa noz-ne’matlar bilan to‘ldirib tashlab, boz ustiga ertasi kuni hamma ro‘zadorligi sabab yeyilmay qolgan taomlarni chiqindiga chiqarish — isrofgarchilikning eng uchiga chiqqan ko‘rinishi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Jahonda har yili 1,3 mlrd tonna oziq-ovqat mahsulotlari chiqindiga chiqarilishini bilasizmi? Oqibatda atrof-muhitga, sayyoramiz iqlimiga ulkan zarar yetmoqda.

Shu bois ham isrofgarchilik bugungi kunda insoniyat oldida turgan eng katta muammolardan biriga aylanmoqda.

Balki shuning uchun ham Toshkent shahridagi INHA universiteti talabalarining "Donʼt waste" startapi BAA hukumatining "Best Global M-Gov Award" tanlovida 136 ming dollar pul mukofotiga sazovor bo‘lgandir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring