Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyqudan uyg‘ongach telefonga yopishmang!

Uyqudan uyg‘ongach telefonga yopishmang!

Foto: Riamo

Amerikalik nevrolog Emili MakDonald uyqudan uyg‘ongandan so‘ng darhol smartfon va boshqa devayslardan foydalanishning miyaga zararli ta’siridan ogohlantirdi.

Miya to‘lqinlarining besh turi bor: delta, teta, alfa, beta va gamma. Uyg‘ongandan keyingi dastlabki daqiqalarda sekin hamda ritmik teta va alfa to‘lqinlarining faolligi kuzatiladi. Bu vaqtda ongimiz biz kiritgan ma’lumotni juda yaxshi qabul qiladi.

Tongda telefonda gaplashish yoki yangiliklarni o‘qish diqqatni jamlash va muammolarni hal qilish vaqti faollashadigan beta-faoliyatga juda tez o‘tishga olib keladi. Natijada miya taranglashib, kishi asabiy bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, ertalabdan internet olamiga sho‘ng‘ish sizni kun davomida ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni tekshirishga undayveradi.

Mutaxassis ertalabki vaqtni ijobiy fikrlarga bag‘ishlashni maslahat berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfonni uyg‘ongandan 30-60 daqiqa keyin qo‘lga olgan ma’qul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring