Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfonga virus qayerdan yuqadi?

Smartfonga virus qayerdan yuqadi?

Foto:Congluan

Virus telefoningizga ko‘p yo‘llar bilan, masalan, shubhali havolalar yoki notanish kishilar jo‘natgan fayllarni yuklab olish orqali kirib kelishi mumkin. Foydalanuvchi ushbu havolalarni bosganida, zararlangan faylni yuklab olish avtomatik ravishda boshlanadi.

Infeksiyaning yana bir usuli - tasdiqlanmagan o‘yinlar. Odatda o‘yin ishlab chiqaruvchi kompaniya nomi yangi, notanish bo‘ladi.

Umumiy Wi-fidan foydalanish ham xavfli, chunki bunday tarmoqlar ko‘pincha himoyalanmagan va viruslar tarqalishiga tahdid soladi. Ayniqsa, umumiy tarmoqlarga ulanishda telefon raqami kabi shaxsiy ma’lumotlarni kiritishdan ehtiyot bo‘lish zarur.

Yaxshi xabar: App Store va Google Playda virus bilan zararlangan ilovalar kamdan-kam uchraydi, chunki ular joylashtirilishidan oldin sinovdan o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring