Qishki sovuqda nimalarni mashinada qoldirmaslik kerak?
Qishda elektron jihozlarni mashinada qoldirmaslik kerak. Masalan, smartfon, fitnes bilaguzuk, portativ batareya, musiqa tinglash uchun dinamik va boshqalar shular jumlasidandir.
Avvalo, past harorat batareyalarga zarar etkazadi. Sovuqda qolgan texnikaning quvvati tez tugab qoladi. Chunki sovuq litiy ionlarining harakatini sekinlashtiradi, elektrolitlarni qalinlashtiradi va ichki qarshilikni oshiradi.
Dorilar ham mashinada qoldirilmasligi lozim. Ayniqsa siroplar va tomchili dorilar sovuqdan aziyat chekadi - ularning samaradorligi sezilarli darajada kamayadi. Tabletkalar va kapsulalar past haroratdan kamroq ta’sirlanadi, ammo baribir ehtiyotkorlik bilan saqlash kerak.
Paketda maishiy kimyo vositalari mavjud bo‘lsa, o‘ram sovuqdan osongina yorilib ketishi mumkin. Umuman olganda, bu suyuqlik bo‘lgan har qanday idishga tegishli. Avtomobil salonida yoki yukxonasida ichimlik shishalari qolsa, ular qattiq sovuqda yorilib ketish ehtimoli yuqori. Xuddi shu ro‘yxatga konserva va yogurt kabilarni qo‘shishingiz mumkin. Agar idishlar saqlanib qolsa, mahsulotlarning ta’mi yomonlashishi mumkin.
Tovuq tuxumlarini taxminan +2,2 daraja haroratda saqlash tavsiya etiladi. Ular uchun eng yaxshi joy hovlida turgan mashina emas, balki muzlatgich eshigidir. Past haroratlarda tuxum qobig‘ida kichik yoriqlar paydo bo‘ladi, chunki ichidagi suyuqlik muzlaydi. Bu yoriqlar inson ko‘ziga ko‘rinmaydi, lekin ular bakteriyalar kirib borishi uchun yetarlicha kengdir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter