Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arzon, ammo yaxshi smartfon xarid qilish uchun 5 tavsiya

Arzon, ammo yaxshi smartfon xarid qilish uchun 5 tavsiya

Foto: RBK Life

Smartfoningiz eskirib, yangisini mo‘ljallab yuribsiz, biroq pul masalasi sal chatoq... Aslida arzon smartfonlar ham, ayniqsa, yangi chiqayotganlari, funksionallik bobida uncha-muncha ayfondan qolishmaydi. Xo‘sh, ham pulni tejab, ham yaxshi smartfonli bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? DimaViper Live YouTube-kanali muallifi ana shularga to‘xtalib o‘tdi.

Hozir smartfonlar imkoniyatlari va ko‘rsatkichlari bilan kompyuterlarga yaqinlashgan. Shuning uchun uning xususiyatlaridan qaysi birlari muhimroqligini tushunib olish osonmas. Hayotda esa smartfonlardagi ayrim funksiyalar bizga deyarli kerak bo‘lmaydi. Quyida qaysi funksiyalardan voz kechish hisobiga smartfonlarni arzonga xarid qilishga haqida gap boradi. 

5G qo‘llab-quvvatlanishi. Beshinchi avlod tarmog‘i 4Gga nisbatan ancha tezroq internet degani. Ammo aslida ko‘pchiligimiz uchun 4G tezlikdagi internet bemalol yetadi. Qolaversa, 5G-signalni hamma yerda ham tuta olmaysiz.

Ekran yangilanish chastotasi: 144 Gs, 120 Gs, 90 Gs. Mana shu raqamlar qancha katta bo‘lsa, smartfoningiz ekrani shuncha tiniq ko‘rsatadi. Yuqori chastotali yangilanishlar asosan telefonda o‘yin o‘ynovchilarga kerak. Qolaversa, yuqori chastotali yangilanish (144 Gs, 120 Gs) akkumulyator quvvatini ham ko‘proq sarflaydi, shuning uchun ko‘p smartfonlarda chastotani pasaytiruvchi (tejash uchun) va ko‘paytiruvchi (o‘yinlar, videolar) uchun funksiya ishlaydi. Albatta, 120 gersli displeyda ishlash yoqimli, shunga qaramasdan, 60 Gs ham smartfonda internet, ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun yetarli.

Simsiz quvvatlash. Ko‘pchilik baribir simli quvvatlagichlarni ko‘proq ishlatyapti. Simsiz quvvatlagichni qo‘shimcha pul sarflab sotib olish kerak bo‘ladi, qolaversa, simlisi kabi tez quvvatlay olmaydi.

Korpus materiali. Ko‘pchiligimiz smartfonni g‘ilofga solib ishlatamiz, shu bois korpus nimadan tayyorlangani va hatto rangi ham ba’zida ahamiyatsiz bo‘lib qoladi.

Juda katta xotira. Masalan, 12/512 Gb ((operativ/doimiy). Biroq ko‘pchiligimiz uchun 8/128 Gb yetib ortadi.

DimaViper Live yuqorida nimalar hisobiga pulni tejashga to‘xtaldi, o‘z navbatida qaysi funksiyalar uchun pulni ayamaslik kerakligini ham sanab o‘tdi. Bular: akkumulyatorning sig‘imi, protsessor (ya’ni tez ishlashi, protsessor qancha kuchli bo‘lsa shuncha uzoq vaqt xizmat qilib beradi) kameralar, ishlab chiqaruvchi/soft (taniqli kompaniyalarning smartfonlarini sotib olish kerak: Samsung, Xiaomi, Huawei, Honor, Oppo, Vivo kabilar; arzon smartfonlar mavzusi bo‘lgani uchun Appleni kiritmadik — tahr).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring