Qaysi holatlarda Always-On Display funksiyasi o‘chadi?

Apple qaysi holatlarda iPhone 14 Pro va 14 Pro Max’da Always-On Display funksiyasi o‘chirilishi mumkinligini tushuntirdi.
Kompaniya bunday xatti-harakatlarning sakkizta ssenariysini keltirib o‘tadi:
- smartfon pastga qaragan holatda:
- «Bezovta qilmaslik» rejimi yoqilgan;
- smartfon sumkada yoki cho‘ntakda bo‘lsa;
- quvvatni tejash rejimi yoqilgan;
- smartfon CarPlay’ga ulangan;
- Continuity kamerasi ishlatilganda;
- smartfon egasi Apple Watch bilan uzoqlashganda;
- smartfon bir muncha vaqt ishlatilmaganda.
Qizig‘i shundaki, oxirgi ssenariyda Always-On Display’ni boshqarish uchun «faoliyat shablonlari»ni eslab qolishi mumkin.
Shu bilan birga, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max xaridorlari tez yuklash jarayonida boshqa iPhone’dan ma’lumotlarni uzatish yoki iCloud’dan tiklashning odatiy protsedurasi vaqtida smartfon muzlab qolishi haqida xabar berishdi. Bunday vaziyat yuzaga kelsa, Apple qurilmalarni qayta ishga tushirishni tavsiya qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter