iPhone 14’ga kim mushuk berkitdi? (VIDEO)
iPhone 14 Pro va 14 Pro Max’dagi Dynamic Island funksiyasi smartfonlarni oldingilaridan ajratib turadigan xususiyatdir.
Ushbu kesishma smartfonning muayyan holatlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Dastlab, u faqat Apple ilovalarida ishlatilgan, ammo kompaniya allaqachon uchinchi tomon ishlab chiquvchilari uchun instrumentlar to‘plamini ochgan, shuning uchun yaqin kelajakda Dynamic Island yordamida turli xil ilovalar yaratiladi.
Avvalroq Dynamic Island kesmasi ustiga kichkina animatsiya joylashtirilgani haqida ma’lumot bergandik. Ammo Hello JcToon’ning yangi tajribasi juda qiziqarli ko‘rinadi. Ishlab chiquvchi mushukni Dynamic Island ichida «yashirish»ga qaror qildi. Foydalanuvchi ekranga tegsa, mushuk uni panjasi bilan ushlashga harakat qiladi. Ya’ni, u qutiga yashiringan haqiqiy mushuk kabi o‘ynaydi.
Ko‘rinib turibdiki, aslida bu Dynamic Island potensial foydalanishning qiziqarli namoyishi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter