Bepul o‘yinlar orasiga reklama tiqishtiriladi
"Sony" kompaniyasi "PlayStation"dagi bepul o‘yinlar orasiga reklama qo‘shishi mumkin. Hozirda o‘yin ichiga reklama qo‘yish imkonini beruvchi maxsus dastur sinovdan o‘tkazilmoqda.
O‘yin o‘ynash bilan band odam reklamani ko‘rgani uchun mukofot oladi. Mukofot o‘yin ichida, ichki resurslar orqali amalga oshiriladi. Lekin bu rasmiy ma’lumot bo‘lmagani uchun mish-mish deb hisoblayotganlar ham bor.
Reklamaga oid ushbu fikr "PlayStation 5" chiqqanidan keyin tug‘ildi. Bu kompaniya uchun o‘yinning bepulligi hissasini chiqaruvchi daromad hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter