Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2023-yilning eng boy odamlari: kuchli o‘nlikdagi sakkizlik — texnomilliarderlar

2023-yilning eng boy odamlari: kuchli o‘nlikdagi sakkizlik — texnomilliarderlar

Foto: Forbes

Bloomberg agentligi reytingiga ko‘ra, Ilon Mask 2023-yilni jahonning eng boy odami sifatida yakunlamoqda.

SpaceX, Tesla, X (sobiq Twitter) singari turli yo‘nalishlardagi taniqli kompaniyalarning xo‘jayiniga qarashli boylik miqdori 28-dekabr holatiga 238 mlrd AQSh dollarini (yil boshidan buyon +$101 mlrd qo‘shilgan) tashkil etmoqda.

LVMH kompaniyasi aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi fransiyalik tadbirkor Bernar Arno — ikkinchi o‘rinda ($179 mlrd). Undan ozgina ortda qolgan Jeff Bezos (Amazon) — uchinchi o‘rinda ($178 mlrd).

Arno va 10-o‘rindagi investorlar qiroli Uorren Baffettdan tashqari, kuchli o‘nlikdagi barcha milliarderlar — texnologiyalar sohasi vakillari: Bill Geyts, Stiv Balmer, Mark Sukerberg, Larri Peyj, Larri Ellison, Sergey Brin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring