Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Qiz bola o‘qib dunyoni olib bermaydi, ammo... (VIDEO)

Qiz bolani kasbga yo‘naltirayotganda har taraflama o‘ylab, uzoqni ko‘zlab ish ko‘rish ham ota-onaga alohida mas’uliyat yuklaydi. Chunki ayol kishi kun kelib ona bo‘ladi, yosh bolali ayollarga esa har yerda ham ish topilavermaydi. Topilgan taqdirda ham enaga yoki bog‘cha xarajatlariga oyligi yetmasligi mumkin.

Shu bois ham uydan chiqmasdan, bola parvarishi bilan shug‘ullanib ham bemalol ishlay oladigan qulay sohaga yo‘naltirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa hech shubhasiz, IT mutaxassisligi bo‘lib, aynan ushbu kasb orqali turli kompaniyalardagi o‘ziga mos va qulay bo‘lgan xizmatni onlayn ravishda bajarib, yaxshigina daromad topishlari mumkin.

Aziz ota-onalar, agar farzandlaringiz kelajakda yuqori mablag‘li ishda ishlashlarini, ayniqsa, qizlaringizni uyda o‘tirib ham yaxshi pul topishini istasangiz va bir vaqtning o‘zida bir emas, bir nechta ishda charchamasdan ishlashlarini istasangiz, ularni IT sohasini tanlashlariga yordam bering!

IT sohasini bilgan odam zamon bilan hamnafas bo‘ladi va boshqa sohalarga ham osonlikcha kirib keta oladi. Agar bunga ishonch hosil qilishni istasangiz, “IT-Kids” loyihamizning ushbu ko‘rsatuvini diqqat bilan tomosha qiling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring