Nega fazoda tovush yo‘q?
Fazoda har qancha qichqirganingiz bilan sizni hech kim eshitmaydi. Chunki uyoqda na ovoz bor, na aks-sado. Astronomiya professori Kris Impi nega shundayligini tushuntirdi.
Tovush — qattiq jism, suyuqlik yoki gaz orqali harakatlanuvchi energiya to‘lqini. Shuningdek, tovush — siqilish to‘lqini. Bu energiya ovoz paylari tebranishidan hosil bo‘ladi.
Tovush to‘lqini o‘z holicha havoda tez tarqaladi. Uning tezligi soatiga 1223 kilometrga teng, ya’ni yo‘lovchi samolyotining tezligidan yuqori.
Fazo esa — vakuum. Ya’ni deyarli materiya mavjud bo‘lmagan kenglik. Tovush atom va molekulalar yordamida tashiladi. Fazoviy kengliklarda tovush to‘lqinini tashuvchi atom va molekulalar yo‘q, shuning uchun ham tovush yo‘q. Tovush yo‘qmi, demak, aks-sado ham bo‘lmaydi.
Mabodo fazoda skafandrsiz bo‘lib qolsangiz, ovozingizni hech kim eshitmasligi — muammolaringiz orasida eng kichigi. Chunki kislorod yetishmasligi sababli 10-15 soniyada hushingizdan ketasiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter