Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask uchun 10 trillion dollar "pul emas" ekan

Ilon Mask uchun 10 trillion dollar

Foto: Mc.today

Ilon Maskning fikricha, insoniyatga keyingi 20 yil ichida qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish va qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechish uchun bor-yo‘g‘i 10 trillion dollar kerak bo‘ladi.

20 yil davomida butun sayyora uchun 10 trillion dollar juda kam miqdor. Insoniyat shu yo‘l bilan mablag‘ tejashga erishadi. Chunki mazkur vaqt davomida resurslarni yanada rivojlantirish jarayoni 14 trillion dollar xarajatlarni talab qiladi.

Milliarderning aytishicha, agar u o‘z rejasiga amal qilsa, butun infratuzilma, jumladan, shamol va quyosh elektr stansiyalari Yer maydonining 0,2 foizdan kamrog‘ini egallaydi.

10 trillion dollar faqat elektr stansiyalari va tegishli infratuzilmani qurishgagina emas. Unga avtomobil zavodlari, materiallar va akkumulyator ishlab chiqarish xarajatlari, po‘lat va o‘g‘it ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mablag‘lar ham kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring