Ilon Mask bu ketishda o‘z ismini ham o‘zgartiradi chog‘i...
Ilon Mask sobiq Twitter nomini o‘zgartirish bilan to‘xtab qolmadi. Endi u kompaniya ekotizimini rebrendlashtirishda davom etmoqda.
Nafaqat kompaniya, hattoki Apple qoidalariga zid ravishda ilova nomini ham o‘zgartirgan Ilon Mask yana navbatdagi nayranglarini boshladi.
Bu gal u TweetDeck nomini XPro deb o‘zgartirdi. Xabaringiz bor, iyul oyida ko‘plab foydalanuvchilar TweetDeckga kirish huquqidan mahrum bo‘lishdi.
Shundan so‘ng kompaniya tomonidan bir oy mobaynida TweetDeckga faqat tasdiqlangan foydalanuvchilargina kirishi mumkinligi ma’lum qilindi. Yaqin kunlarda XPro (TweetDeck) ham pullik bo‘lishi kutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter