Raqamli texnologiyalar vaziri o‘zi o‘qigan kitobni boshqalarga ham tavsiya qildi
Aeroportda bo‘lganda, ko‘pincha kitob sotib olardimu o‘qishga har doim ham vaqt bo‘lmasdi. Yangi yil bayramlari bahona shunday yaxshi kitobni o‘qib chiqishga imkon bo‘ldi. John Doerrning “Measure What Matters” kitobida OKR (Objectives and Key Results) metodikasini qo‘llash orqali Intel, Google, Youtube va boshqa katta natijalarga erishgan kompaniyalarning natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv tajribasi sodda qilib tushuntirib berilgan ekan. Ya’ni 24/7 band bo‘lishning o‘zi (activity trap) natijaga erishishga olib kelmasligi, balki OKR orqali aynan qaysi eng muhim natijaga (objective) qanday (key results) erishish kerakligini barcha jamoa a’zolari to‘liq tushunib yetib ishlasa, ancha kattaroq natijalarga erishish mumkinligi yaqqol hayotiy misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Xalqaro kompaniyalarda natija ko‘rsatgan bunday tajribani davlat tashkilotlarida ham qo‘llashga harakat qilinsa foydadan xoli bo‘lmasligi aniq.
Kitobning sayti ham bor ekan qo‘shimcha ma’lumotlar uchun.
Prezidentimiz kitob o‘qish zarurligini ta’kidlashlari nafaqat yoshlarimiz uchun, balki har qanday darajadagi rahbarlar uchun ham muhimligini oddiy shu misolda yana bir his qildim. Ozgina kitob o‘qishga imkon bo‘lgandi, o‘zim uchun qancha foydali ma’lumotlarni o‘rgandim, boshqalarga ham albatta tavsiya qilaman.
Источник: t.me
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter