IT Park rezidentlari 2023-yil birinchi yarmida 2022-yildagidan ko‘p eksportni amalga oshirdi

IT Park rezidentlari tomonidan 2023-yil birinchi yarmida 145 million dollardan ortiq, ya’ni to‘liq 2022-yildagidan ko‘ra ko‘p eksport amalga oshirildi, birinchi chorakda 2021-yildagi to‘liq ko‘rsatkichdan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan edi.
Bu esa Prezidentimiz tomonlaridan O‘zbekistonni AyTi xabga aylantirish bo‘yicha uzoqni ko‘zlab qo‘yilgan maqsadning qanchalik to‘g‘ri ekanligidan dalolatdir.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Digital Leadership Forum"ga dunyoning turli davlatlaridan kelgan yetakchilar O‘zbekistonda yaratilgan sharoitlar saqlab qolinsa va muhokama qilingan yangi takliflar amalga oshsa 2030-yilga borib bir yillik eksportni 5 milliard dollarga chiqarishga to‘liq imkoniyati borligini hamda buning uchun O‘zbekistonni autsorsing markazi sifatida ko‘proq iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda targ‘ib qilish zarurligini ta’kidlashdi.
Faqatgina yoshlarimiz ko‘proq o‘z ustilarida ishlab, chet tillari va xalqaro bozorda masofadan xizmat ko‘rsatishga talab yuqori bo‘lgan (nafaqat AyTi, balki BPO sifatida masofadan xizmat ko‘rsatadigan boshqa juda ko‘plab) kasblarni o‘rganishlari kerak bo‘ladi. Shunda ular o‘z oilalari bilan o‘z yurtlarida yashab, masofaviy xizmatlari orqali yuqori daromad topadigan bo‘ladilar.
Источник: t.me
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter