Новости в нашем Телеграм канале Подписаться ×

Шерзод Шерматов

Министр цифровых технологий Республики Узбекистан

Dasturchilar uchun qaysi viloyat jozibadorroq bo‘lmoqda?

Dasturchilar uchun qaysi viloyat jozibadorroq bo‘lmoqda?

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

2 yil avval jon boshiga dasturlash xizmatlari hajmi bo‘yicha eng oxirgi o‘rinda Jizzax viloyati edi, lekin Davlatimiz Rahbari tomonidan viloyatlarda ham dasturchilarni o‘ziga jalb etishga harakat qilish bo‘yicha belgilangan vazifalarni to‘g‘ri tushungan viloyat hokimi AKT rivojlanishini ustuvor yo‘nalish sifatida o‘z shaxsiy nazoratiga olib, viloyat hokimligi yonida zamonaviy IT Park binosini qurib, Hindiston bilan hamkorlikdagi IT universiteti, BPO maktabi va masofaviy eksport xizmatlari markazini, umuman olganda. o‘ziga xos IT klasterini tashkil etgani va mahalliy dasturchilar loyihalari uchun mablag‘lar ajratgani sababli, Jizzax viloyati 2 yilda 11 pog‘ona ko‘tarilib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha hududlar orasida 3-o‘rinni egalladi.

Xuddi shunday o‘z hududida yuqori maoshli ishchi o‘rinlarini yaratish, xizmatlar eksportini oshirish va shu orqali mahalliy byudjetga daromadlarni ko‘paytirish niyatida bo‘lgan hududlar rahbarlari AKT sohasini ham ustuvor soha sifatida belgilab, AKT uchun jozibador hududga aylanishga harakat qilishsa, masofaviy eksport markazlarini yaratish bo‘yicha yuborilgan takliflarni nazoratga olishsa hamda dasturchilarning va BPO xizmatlari ko‘rsatayotganlarning hududga ishonchini oshirib. ularniyu rasmiy ro‘yxatdan o‘tib ishlashlariga sharoit yaratib, kadrlar tayyorlashga va qo‘shimcha hududiy loyihalarga mablag‘ ajratishsa, albatta, o‘sha hududdagi mahalliy dasturchilar Toshkentga ketishga harakat qilishmaydi, aksincha. Toshkentda faoliyat yuritayotgan AKT kompaniyalari ham o‘sha hududga borishga harakat qilishadi, chunki viloyatlarda yashash xarajatlari hamda oylik maoshlar Toshkentdagiga nisbatan pastligi ularning tannar[ини туширишга ёрдам беради.

AKT mutaxassislariga talab yuqori bo‘lgani sababli ular o‘ziga qulay bo‘lgan joyda ishlashga harakat qilishadi. Shu sababli odatda viloyatda o‘sib o‘rgangan yaxshi AKT mutaxassisi Toshkentga kelib ishlardi, keyinchalik esa ko‘pchiligi katta loyihalarda ishlash uchun chet elga ketishga harakat qilardi. Ko‘z tegmasin, oxirgi yillardagi AKT sohasiga Davlatimiz Rahbarining e’tibori sababli chet elga ketgan mutaxassislar ham qaytib kelib, o‘sha xizmatlarini masofadan O‘zbekistonda yashab ko‘rsatish holatlari ko‘paymoqda. EPAM, Exadel, iTechArt, iTransition kabi qator yirik korxonalarni O‘zbekistondagi bo‘linmalariniyu kengayishi ham mahalliy dasturchilarga chet elga ketmasdan turib, shu yerda katta loyihalarda yuqori maoshli ishda ishlashga imkoniyatlar ochadi.

Jadvalda barcha hududlarda dasturlash xizmatlari hajmi oshganini ko‘rish mumkin, faqat qaysidir hududlarda tezroq oshgan va hududlar o‘rinlari almashgan. Shuning uchun bu jadvalni biron-bir hududga nisbatan salbiy fikr shakllantirish uchun ishlatmaslikni iltimos qilamiz.

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети