Новости в нашем Телеграм канале Подписаться ×

Шерзод Шерматов

Министр цифровых технологий Республики Узбекистан

2023-yilda barcha hududlarda AyTi xizmatlari eksporti o‘sib, umumiy 344 mln dollarga yetdi

2023-yilda barcha hududlarda AyTi xizmatlari eksporti o‘sib, umumiy 344 mln dollarga yetdi

Foto: Rubrika

2023-yilda barcha hududlarda AyTi xizmatlari eksporti o‘sib umumiy 344 mln dollarga yetdi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan AyTi sohasiga yaratilgan imkoniyatlar tufayli barcha hududlarda IT Park rezidentlari o‘z eksportlarini oshirishga erishganlarini ushbu jon boshiga AyTi xizmatlar eksportini hududlar kesimidagi jadvalda ko‘rish mumkin (o‘sish ko‘rsatilmagan hududlarda o‘tgan yili eksport bo‘lmagan).

Buyog‘iga asosan eksport uchun harakat qilish kerakligini va bu kabi sharoitlarning davom etishini reja qilgan kompaniyalar 2027-yil yakunigacha eksportlarining umumiy daromaddagi ulushini kamida 50 foizga chiqarishlari zarurligini barcha uchrashuvlarda IT Park rezidentlariga tushuntirib boryapmiz.

Bu yil AyTi eksportini ko‘paytirish uchun asosan yoshlarni ko‘proq chet tillari va AyTini o‘rganishiga qiziqtirishimiz hamda chet ellik kompaniyalarni ko‘proq O‘zbekistonga, ayniqsa, hududlarga taklif etishimiz zarur bo‘ladi.

Источник: t.me

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети