Новости в нашем Телеграм канале Подписаться ×

Махфуза Руйиддинова

«Самое безопасное место для корабля — побережье. Но он создан не для этого».

UzSOC va “Vaziyatlar markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (+video)

Bugun, 8-iyul kuni UzSOC Axborot xavfsizligi monitoring markazi va Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron platformasining “Vaziyatlar markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov, Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.Xudayarov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarova, Energetika vaziri J.Mirzamahmudov ishtirok etdi.

Ta’kidlash lozimki, qo‘riqlanadigan ob’yektlarning axborot xavfsizligi ustidan muntazam monitoring olib borish, davlat organlari infratuzilmalarida kiberxavflarni aniqlash va ularga tezkor chora ko‘rish, hodisalarning oldini olish va ularni tekshirish, shuningdek, yangi zaifliklarni o‘z vaqtida aniqlash UzSOC Axborot xavfsizligi monitoringi markazining asosiy vazifalari hisoblanadi. 

Markazning tashkil etilishiga davlat va muhim infratuzilmaga kiberhujumlar hamda kibertahdidlar sonining ko‘payishi, ma’lumotlarning sizib chiqishi, mehnat bozorida axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarning yetishmasligi sabab bo‘ldi.

Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida jonkuyar shifokorlar, yuqori malakali tibbiyot mutaxassislari va hamshiralarning kundalik mashaqqatli mehnatida texnik va tashkiliy uzilishlarni bartaraf etish hamda axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish yo‘li bilan sog‘liqni saqlash sohasining boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-tamoyillarni qisqartirish, aholiga xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron platformasining “Vaziyatlar markazi”ning ochilishi bu yo‘ldagi muhim qadamlardan bo‘ladi.

UzSOC markazi O‘zbekistonning axborot xavfsizligini mustahkamlash va zamonaviy tahdidlarga qarshi turishga qodir ishonchli raqamli infratuzilmani yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Tadbirda bundan tashqari, mehmonlarga UZINFOCOM loyihalari, jumladan, MyID biometrik identifikatsiya ekotizimi, “Raqamli energiya” yagona billing tizimi, Mygov.uz davlat xizmatlari portali va boshqalar, shuningdek, joriy yilning aprel oyida turli AyTi mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash uchun ochilgan Ustudy IT Akademiyasi taqdim etildi. 

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети