Новости в нашем Телеграм канале Подписаться ×

Эзоза Тургунова

«Если человек о чем-то искренне мечтает, то вся вселенная поможет ему и воплотит эту мечту в реальность!»

Mobiuz abonentlariga pul mukofotlari topshirildi

Barchamizga ma’lumki, Mobiuz kompaniyasi faoliyatining ilk yillaridanoq qimmatbaho sovrinlarni yutish imkoniyatini beruvchi turli aksiyalarni o‘tkazib keladi.

So‘nggi 4 yil ichida kompaniyaning 170 dan ortiq abonentlari 3 milliard 400 million so‘mdan ortiq mablag‘larni, shuningdek, 15 ta avtomobil va Dubayga 4 ta sayohatni yutib olishgan.

Shu o‘rinda, “Omadli to‘lov” aksiyasi ham Mobiuz abonentlariga o‘z omadlarini sinab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etdi.

Aksiya o‘tgan yilning 1-dekabridan joriy yilning 28-fevraligacha bo‘lgan davrda o‘tkazildi va unda 84 nafar abonent turli pul yutuqlarini qo‘lga kiritishdi.

Aksiya g‘oliblari tomoshabinlar, ishtirokchilar va tashkilotchi uchun qulay bo‘lgan eng samarali usul – onlayn randomayzer yordamida aniqlandi. Har biri 1 million so‘mdan – 30 ta sovrin, 3 million so‘mdan – 20 ta, 5 million so‘mdan – 15 ta, 10 million so‘mdan – 10 ta, 15 million so‘mdan – 5 ta sovrin hamda 20 million so‘mdan – 3 ta sovrin o‘ynaldi. Asosiy yutuq esa 100 million so‘mni tashkil qildi.

10-may kuni esa ana shu g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu video orqali siz ham poytaxtda istiqomat qiluvchi g‘oliblarning quvonchli onlariga sherik bo‘lishingiz mumkin.

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети