Новости в нашем Телеграм канале Подписаться ×

Эзоза Тургунова

«Если человек о чем-то искренне мечтает, то вся вселенная поможет ему и воплотит эту мечту в реальность!»

10-sinfda o‘qib turib ham talaba bo‘lishni istaysizmi?! (VIDEO)

O‘zbekistonda 5 yildan buyon malakali IT mutaxassislarini tayyorlab, o‘qitib va hattoki ishga ham joylashishlariga yordam berib kelayotgan PDP akademiyasining bitiruvchilari bugungi kunda EPAM, Exadel, Apelsin, Payme kabi nufuzli kompaniyalarda faoliyat yuritishmoqda.

2021-yil tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev PDP akademiyasining asoschisi Odilbek Mirzayevni qo‘llab-quvvatlashini hamda vazirliklar orqali yordam berilishini bildirdi.

Prezident bildirgan ishonchdan ilhomlangan holda o‘tgan yili IT mutaxassislari uchun zarur fanlarni o‘z ichiga olgan xalqaro Pearson BTES o‘quv dasturi bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan PDP University tashkil etildi.

PDP University talabalari IT yo‘nalishlarining keng tanlovi orasidan o‘zlari uchun eng keraklisini tanlab, ushbu yo‘nalishda chuqur bilimlarni o‘zlashtiradilar.

PDP Universityda darslarni katta tajribaga ega mahalliy va xalqaro darajadagi ustozlar olib boradilar. Ular nafaqat chuqur ilmga ega nazariyotchi, balki bir qator IT kompaniyalarida faoliyat yurituvchi amaliyotchi hamdirlar.

PDP Universityga kirish uchun turli sinalmagan o‘quv markazlariga pul sarflashga ham hojat yo‘q. Chunki IT sohasi haqida mutlaqo bilim va ko‘nikmalarga, hattoki tayyorgarlikka ega bo‘lmagan yoshlar ham PDP da Pre-University — tayyorlov bosqichi orqali 8 oylik ta’lim davomida matematikadan yetarli bilim va ingliz tilidan IELTS 6+ darajaga ega bo‘lishlari mumkin.

Pre-University muvaffaqiyatli tamomlaganlik haqidagi sertifikat 2 yilgacha o‘z yuridik kuchini saqlab qoladi. Bu esa 10-11-sinfda o‘qib turib ham PDP University’ning bo‘lg‘usi talabasiga aylanish imkonini beradi.

Bu hali hammasi emas, bosqichni yuqori baholarga yakunlagan talabalar 1-o‘quv yili uchun 25-50-75% gacha grantga ega bo‘ladilar.

Talabalar 2-bosqichda raqamli texnologiyalar bilan tanishadilar. Ushbu bosqich tadqiqot, mustaqil o‘qish va real keyslarga asoslangan vazifalar bilan keng qamrovli bilimlarni berishga mo‘ljallangan.

Talabalar fanga oid bilimlar bilan bir qatorda jamoaviy ishlash, tanqidiy fikrlash va tahlil kabi ko‘nikmalarni ham rivojlantiradilar.

3-bosqichga kelib esa ixtisoslashgan raqamli texnologiyalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bosqich yakunida talabalar o‘z mutaxassisliklari doirasida murakkab muammolarni tahlil qilish, yechimlarni tanqidiy baholash va o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun barcha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.

Yakunlovchi bosqichda talabalar axborot texnologiyalari sohasida karera qilish yoki akademik sayohatni davom ettirish uchun barcha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Ekotizim IT mutaxassisining sohaga birinchi qadamidan boshlab to yetuk mutaxassis bo‘lishigacha kerak bo‘ladigan barcha imkoniyatlar bilan ta’minlaydi. Unga autsors kompaniya, frilanserlar uyushmasi, ishga joylashish bo‘yicha ko‘mak markazi, startap akselerator va boshqalar kiradi.

Ilg‘or akademik ta’lim va PDP Ekotizimidagi real loyihalariga jalb etish natijasida PDP University bitiruvchilari Middle, Middle+ darajasidagi mutaxassisga aylanishlari ko‘zda tutilgan.

Talabalar 2-bosqichdan boshlab mahalliy va xorijiy hamkor kompaniyalarda, hamda xususiy startap loyihalarda amaliyot o‘tash hamda bosqich yakunida kamida 500$ maosh bilan ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Saralangan talabalarga 4-bosqichni AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va boshqa rivojlangan mamlakatlarning 200 dan ortiq universitetlari bilan almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qish imkoniyati beriladi.

PDP Universityda maktab yoki litseyni tamomlagan, 16 yoshdan katta, ingliz tili va matematikadan bilim darajasi yaxshi va IT sohasiga qiziquvchi yigit-qizlar ta’lim olishlari mumkin.

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети