Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Treyderga ishongan ayol 23 million so‘midan ayrildi  

Treyderga ishongan ayol 23 million so‘midan ayrildi  

Foto: Happycoin.club

Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi 52 yoshli ayol Yu.A. Ichki ishlarga murojaat qildi. Aytishicha, bank kartasidan 23 million so‘m noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashovchi 38 yoshli ayol Yu.Z. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, Yu.Z. "Telegram" messenjeridagi “trade_Inves” nomli guruh orqali tanishib, o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 23 million so‘m o‘tkazib olgan. Lekin va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Yu.Z.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring