Telegramdagi uchar yerga tushirildi: endi “arzon aviachipta” sotmaydi...
Qo‘qonlik 30 yashar A.R. Telegramda arzon aviachipta sotilishi haqida e’longa ko‘zi tushib qoldi. Pulini tejash maqsadida 8 712 000 so‘mga 2 dona chipta olishga qiziqish bildirdi.
Aslida bu bir firib bo‘lib, uning ortida Rishton tumanida yashovchi 33 yoshli A.Q. (erkak) turgandi. Aytilgan mablag‘ni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgach, A.R.ni "qora ro‘yxat"ga kirgazib qo‘ygan.
Albatta, g‘araz niyati va nohalol yo‘llar bilan topayotgan pullari uzoqqa bormadi. Jabrlanuvchining ichki ishlarga murojaatidan so‘ng A.Q. ushlanib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Qonunga muvofiq, bunday jinoiy harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter