“Olx”dagi ayfon tuzoq bo‘lib chiqdi, jinoyatchi ushlandi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 26 yoshli A.K. IIOga murojaat qilib, bank kartasidagi 1 800 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qildi.
Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatining Vobkent tumanida yashovchi 19 yoshli O.S. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan O.S. “Olx” platformasida “Iphone 13 Pro sotiladi”, deya yolg‘on e’lon joylashtirgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi A.K. bilan telefon orqali gaplashib, uning ishonchiga kirish orqali oldindan 1 800 000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.S.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter