Ijaraga xonadon qidirayotganlar, hushyor bo‘ling!
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yashovchi 30 yoshli (ayol) T.K. ichki ishlar organlariga arz qilib, o‘ziga tegishli bank kartasidan 500 000 so‘m pul firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qildi.
Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi 33 yoshli A.A. sodir etgani aniqlangan.
A.A. jabrlanuvchi T.K. bilan Telegram messenjerining “Arenda kvartira” nomli guruhida tanishib, ijaraga xonadon borligini aytib, aldov yo‘li bilan uning 500 ming so‘m pulini boshlang‘ich to‘lov sifatida o‘zining foydalanuvidagai bank kartasiga o‘tkazdirib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, aloqani uzib qo‘ygan.
JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter