36 kishining nomiga 1 mlrd so‘mdan ortiq onlayn kredit olgan firibgar ayol ushlandi
Ichki ishlar vazirligiga davlat tashkilotlaridan birining ishchi-xodimlari arz qilib, noma’lum shaxs ularning nomiga “onlayn kredit” olganligi, kredit qarzdorligi esa, oylik maoshlari tushadigan bank kartalaridan ushlab qolinayotganligidan shikoyat qilishdi.
Tezkor-qidiruv departamentining Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs Toshkent viloyatida yashovchi 27 yoshli Sh.D. (ayol) ekanligi aniqlangan.
Sh.D. oson pul topish payida 32 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, joriy yilning aprel–iyun oylarida bir vaqtning o‘zida bir necha bankdan ularning nomiga “onlayn kredit” olishga erishib, jami 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘larni qo‘lga kiritgan.
Holat yuzasidan Tergov departamenti tomonidan Sh.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov, tezkor-tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandidagi jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter