Zoom o‘z ildiziga bolta urmoqda
Masofadan ishlash timsoliga aylangan Zoom kompaniyasi o‘z xodimlaridan ofisga qaytishni talab qildi.
Faqat ishxonadan 50 mil (80 km) olisda yashovchi xodimlar bundan istisno. Biroq ular ham, gibrid ish jadvali asosida, haftasiga kamida ikki kun ishga kelib ketishlari shart.
Ma’lumot uchun: Zoom — Zoom Video Communications kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan videokonferensiyalar uchun dastur. Ushbu videotelefoniya servisiga bir paytning o‘zida 100 tagacha qurilma bepul ulanishi mumkin. Ayrim tarif rejalarida cheklanmagan vaqt doirasida 500 kishigacha undan foydalana oladi.
COVID-19 pademiyasi boshlangan 2020-yilda Zoom juda ommalashib ketdi: masofadan ishlash, onlayn ta’lim va o‘zaro muloqot uchun millionlab kishilar foydalanadigan ilovaga aylandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter