Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda IT Community Roadshow bo‘lib o‘tdi

Xorazmda IT Community Roadshow bo‘lib o‘tdi

Roadshowda professional soha mutaxassislari spiker sifatida ishtirok etishdi va texnologiya ixlosmandlari uchun mahorat darslari, ma’ruzalar, netvorking sessiyasi va faol ishtirokchilar bilan sovrinli viktorinalar tashkil etildi. 

Ushbu tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Kutlimuratova hamda maxsus mehmon Women in Tech asoschisi va bosh direktori Ayumi Moore Aoki ham ishtirok etib bugungi kunda texnologiya va innovatsiyalar olamida ayol-qizlarning o‘rni va ularning bu yo‘nalishda erishayotgan katta natijalari haqida to‘xtaldilar.

Shu bilan birga zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishni orzu qilgan qizlarga axborot texnologiyalari sohasida o‘z yo‘lini topishga yordam berish, dasturlash, sun’iy intellekt kabi shiddat bilan rivojlanib, hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan yo‘nalishlarda ta’lim olishlari, kuchli mutaxassis kadrlar sifatida namoyon bo‘lishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan rejalar haqida ham to‘xtalindi.

Roadshowda ishtirok etgan spikerlar o‘zlarining sohada erishgan yutuqlari bilan ishtirokchi yoshlar uchun imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligiga yorqin namuna bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring