Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xiaomi Civi 3ning birinchi rasmiy suratlari paydo bo‘ldi

Xiaomi Civi 3ning birinchi rasmiy suratlari paydo bo‘ldi

Foto: Weibo

Xiaomi va Redmi kompaniyasi prezidenti Lu Veybing Xiaomi Civi 3 smartfonining orqa paneli, kamera bloki va mavjud ranglar dizaynini tasdiqlagan birinchi rasmiy ko‘rinishini e’lon qildi.

Orqa panel vizual ravishda ikki qismga bo‘lingan, ular bir xil rangning och va to‘q ko‘rinishida bo‘yalgan. Kamera uchta tasvir datchigini o‘z ichiga oladi.

Avvalroq MediaTek kompaniyasi faqat Xiaomi Civi 3 uchun Dimensity 8200-Ultra bir chipli tizimini yaratgani ma’lum bo‘lgan edi. Yangi platforma suratga ishlov berishning 38 ta funksiyasidan foydalanish imkonini beradi, shu bilan birga uzluksiz suratga olish tezligini 235 foizga oshiradi.

Shuningdek, Xiaomi Civi 3 taqdimoti 25 may kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgani tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring