Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vivo S17, S17t va S17 Pro smartfonlari taqdim etildi (foto)

Vivo S17, S17t va S17 Pro smartfonlari taqdim etildi (foto)

Foto: Vivo

Avval xabar berganimizdek, bahorning so‘nggi kuni, ya’ni bugun, 31-may sanasida Vivo kompaniyasi o‘rta toifaga kiruvchi Vivo S17 smartfonlarini taqdim etdi.

Uchta model taqdim etildi: S17, S17t va S17 Pro.

Barcha smartfonlar bir xil korpusda chiqdi, farqi protsessorlari va kameralarida.

Umumiy jihatlar

Har uch smartfon — selfifon: 50 megapikselli frontal kameralar va qo‘shaloq chaqin bilan ta’minlangan.

Smartfonlar 4600 mAs akkumlyatorlardan quvvat oladi, 80 Vt quvvatlash texnologiyasiga ega, NFC, barmoq izi skaneri ekran ostida yashiringan.

Displey — 6,78 dyuymli AMOLED BOE Q9 “sharshara-ekran” (120 Gs, kenglik-impuls modulyasiyasi — 2160 Gs).

Korpus — plastikdan tayyorlangan, ort paneli innovatsion jilolanuvchi tasvirli shisha bilan qoplangan, halqa ko‘rinishidagi chaqinlar 22 foizga kattalashdi va turkumning oldingi smartfonlariga qaraganda 36 foiz yorqinroq.

Farqlar

Protsessor: Vivo S17da Snapdragon 778G+, S17t va S17 Proda esa tegishli ravishda Dimensity 8050 (Dimensity 1200) va Dimensity 8200 o‘rnatilgan.

Kompaniya nihoyat 2 Mp kameralardan voz kechdi, S17 va S17t da 50 Mp asosiy modul OIS (S17 — GN5, S17t  —  IMX766) va 8 Mp keng burchakli kamera ishlatilgan.

Katta Vivo S17 Pro da S17t dagi xususiyatlarga qo‘shimcha tarzda qo‘shimcha 12 Mp portret-kamerasi va 2 karra zum bor (xuddi Vivo X90 dagi kabi). Yana bir afzalligi — suratlarda oq balansni yaxshilovchi keng spektrli sensor o‘rnatilgan.

Vivo S17 va S17 Pro sotuvi Xitoyda 8-iyunda boshlanadi.

NARXLARI:

Vivo S17:

  • 8/256 Gb — 2499 yuan ($350 atrofida)
  • 12/256 Gb — 2799 yuan ($390 atrofida)
  • 12/512 Gb — 2999 yuan ($420 atrofida).

Vivo S17 Pro:

  • 8/256 Gb — 3099 yuan ($435 atrofida)
  • 12/256 Gb — 3299 yuan ($465 atrofida)
  • 12/512 Gb — 3499 yuan ($490 atrofida).

Vivo S17t smartfoni sotuvga chiqariladigan sana va narxlari noma’lum sabablarga ko‘ra, e’lon qilinmadi.

Smartfonlar qaysi ranglarda bo‘lishi quyidagi fotosuratlarda.

Vivo S17/17t
Vivo S17 Pro
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring