Vazir xalqaro olimpiada sovrindorlari bilan uchrashdi (foto)

Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan Ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS-2023)da matematika va informatika yo‘nalishida ishtirok etgan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari — Asadbek Sindarov 2-o‘rinni, Ixtiyor Teshaboyev, Javohir Isroilov hamda Muzaffar Saxidinov 3-o‘rinni egallashgan edi.

Shu munosabat bilan bugun, 27-may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Turkmanistondagi olimpiadada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan hamda sovrindorlar qatoridan joy olgan talabalar bilan uchrashdi.
Vazir talabalar bilan ochiq muloqotda ularni tabriklab, o‘qish va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Uchrashuv yakunida axborot texnologiyalari sohasidagi bu kabi xalqaro tanlovlar va boshqa olimpiadalar ro‘yxatini shakllantirib, ularga tayyorgarlik ko‘rish va g‘oliblar hamda ustozlarini rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston ta’lim vazirligi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida 2023 yilning 23-28-aprel kunlari tashkil etilgan Ochiq matematika olimpiadasida O‘zbekistondan jami 41 nafar talaba ishtirok etgan edi.
Mazkur xalqaro olimpiadada 15 dan ortiq mamlakatlar (Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Meksika, Germaniya, Vengriya, Ozarbayjon, O‘zbekiston va boshqalar) oliy ta’lim muassasalaridan talabalar qatnashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter