Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inhaning ikki jamoasi “URBAN.TECH UZBEKISTAN 23” hakatonida g‘alaba qozondi

Inhaning ikki jamoasi “URBAN.TECH UZBEKISTAN 23” hakatonida g‘alaba qozondi

Foto: Digital.uz

Shu yilning 6–8-sentyabr kunlari Toshkentda “URBAN.TECH UZBEKISTAN 23” hakaton musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Hakaton Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, INNO Texnopark in Tashkent hamkorligida tashkil etildi.

URBAN.TECH UZBEKISTAN — ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan hakaton.

Hakatonda 500 kishidan iborat 75 ta jamoa o‘rtasida 72 soat davomida kurash kechdi.

Loyiha taqdimotlari natijalariga ko‘ra hakamlar hakatonda g‘olib bo‘lgan 4 ta jamoani aniqladilar: ulardan 2 tasi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari jamoasi bo‘ldi.

BAB Brainiacs jamoasi:

Behzod Shuhratov, Behro‘z Abdullaxo‘jayev, Botir Sobirov, Azimjon G‘aniyev;

Ctrl+C Ctrl+V jamoasi:

Egambergan Otamuratov, Azizbek Fattoyev, Asilbek Fattoyev, Mirzoyoqub Rashidov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring