Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegram reklama daromadining yarmini kanallar bilan bo‘lishadi

Telegram reklama daromadining yarmini kanallar bilan bo‘lishadi

Foto: Dzen

Pavel Durov o‘z sahifasida ma’lum qilishicha, kelgusi oydan boshlab, Telegram-kanallar egalariga pul mukofotlarini to‘lash boshlanadi. Ya’ni kompaniya messenjerdagi reklama daromadlarining yarmini kanallar bilan bo‘lishmoqchi.

Durov aytadiki, Telegram kanallari har oy 1 trillion marta ko‘riladi, biroq ularning faqat 10 foizi Telegram Ads yordamida monetizatsiya qilinyapti. Mart oyida kompaniya yuzga yaqin mamlakatdagi reklama beruvchilar uchun rasman Telegram Ad Platform platformasini ochmoqchi. Kanallar egalari o‘zlarida ketgan kompaniya reklamasi daromadining 50 foizini olishadi.

Durovning bayonotidan so‘ng Toncoin kursi osmonga chiqib ketdi.

Kanalar egalariga to‘lovlar TON blokcheynida Toncoin raqamli valyutasida amalga oshiriladi. Durovning aytishicha, bu tutash halqani hosil qiladi — kontent yaratuvchilari yo Toncoin valyutasini naqdlashtirishlari yoki ularni kanalni rivojlantirishga sarmoya qilishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring