Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadqiqot: sun’iy intellektni qo‘llash xodimlarning charchashiga olib keladi

Tadqiqot: sun’iy intellektni qo‘llash xodimlarning charchashiga olib keladi

Upwork kompaniyasining yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellekt xodimlarning ish yuki va stressini oshirmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, menejerlarning fikri SI xizmatlarini ish jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha ishlarning haqiqiy holatiga ziddir.

So‘rovda qatnashgan ishchilarning 77 foizi SI texnologiyalari ularning charchashini oshirib, unumdorligini pasaytirayotganiga ishonishadi. Top-menejerlarning 96 foizi SI vositalarini ish amaliyotiga tatbiq etgandan so‘ng samaradorlikning oshishini kutishadi.

Biroq, menejerlarning atigi 13 foizi bunday istiqbolli yutuqlarni amalga oshirish uchun adekvat strategiyalarni ishlab chiqdilar. Aytgancha, sun’iy intellektdan foydalanadigan xodimlarning 47 foizi bu vositalar ularning mahsuldorligiga qanday yordam berishini ham bilmasligini aytdi.

Rahbariyatning kutganlari va odamlarning haqiqiy natijalari o‘rtasidagi tafovut juda katta bo‘lib chiqdi. To‘liq vaqtda ishlaydigan xodimlarning 71 foizi charchaganligini qayd etdi va 81 foiz menejerlar o‘z qo‘l ostidagilardan umidvorligini tan olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring