Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Sun’iy intellekt kelajagi va global integratsiya” mavzusidagi xalqaro sammiti bo‘lib o‘tdi

“Sun’iy intellekt kelajagi va global integratsiya” mavzusidagi xalqaro sammiti bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “ICTWEEK – 2023” haftaligi doirasida joriy yilning 26 oktyabr kuni “Sun’iy intellekt kelajagi va global integratsiya” mavzusida xalqaro sammit o‘tkazildi.

Sammitdan ko‘zlangan asosiy maqsad sun’iy intellekt texnologiyalari va ularni hayotga tadbiq qilish bo‘yicha eng so‘nggi xalqaro tajriba bilan tanishish va fikr almashishdan iborat.

Tadbirda UZINFOCOM”, “KOIIA”, “Sber”, “VEON AdTech”, “Yandex”, “Amazon”, “Huawei”, “Foxconn”, “Presight AI, “Markaziy Osiyo sun’iy intellekt uyushmasi”, O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi kabi kompaniya va taskilotlarning sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi rahbarlari va ekspertlari taqdimotlari orqali o‘z bilim va tajribalarini, fikr va mulohazalarini 300 dan ortiq soha mutaxassislari, talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari bilan baham ko‘rdilar.

Anjuman doirasida yetakchi xorijiy kompaniyalar va mamlakatlarning raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni amaliyotga joriy etishdagi tajribasi, erishilgan yutuqlar, kuzatilgan muammolar, ushbu yo‘nalishdagi istiqbolli loyihalar va imkoniyatlar muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring