Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“O‘zbekkosmos” suv omborlari to‘g‘onlarining siljish dinamikasini kosmik monitoring qiladi!

“O‘zbekkosmos” suv omborlari to‘g‘onlarining siljish dinamikasini kosmik monitoring qiladi!

Hukumat qarori bilan endilikda suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshliligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi joriy etiladi. Ya’ni, "damba"larning siljish va cho‘kish dinamikasi “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan kosmik nazoratga olinadi.

Amalga oshirilgan monitoring natijalari “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish” elektron platformasiga integratsiya qilinadi. 

Mazkur elektron platformada suv omborlari bo‘yicha kosmik monitoring natijalari, xususan, mavjud to‘g‘onlarning real holati, ulardagi siljish va cho‘kish ko‘rsatkichlari, to‘g‘onlarning seysmik mustahkamligi va favqulodda xavflilik darajasi kabi muhim ma’lumotlar jamlanadi. Jarayonlarni doimiy nazorat qilib borish maqsadida “Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligi kosmik monitoringini o‘rganish komissiyasi” tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring