Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning raqamli taraqqiyotini yuksak cho‘qqilarga olib chiqishda madhiyamizda ifoda etilgan buyuk orzu va maqsadlar ilgari surilgan

O‘zbekistonning raqamli taraqqiyotini yuksak cho‘qqilarga olib chiqishda madhiyamizda ifoda etilgan buyuk orzu va maqsadlar ilgari surilgan

Xabar.uz axborot-tahliliy portali aziz yurtdoshlarimizni bugungi ulug‘vor sana – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi!

Aytish joizki, Davlat madhiyasi xalqimizning birdamligi, milliy g‘ururi va mustaqil O‘zbekiston ramzlari orasida alohida o‘rin tutadi.

Mamlakatimizning raqamli taraqqiyotini yuksak cho‘qqilarga olib chiqishda ham madhiyamizda ifoda etilgan buyuk orzu va maqsadlar ilgari surilgan.

Jumladan, raqamli texnologiyalar yordamida mamlakatimizning har bir fuqarosiga yangi imkoniyatlar yaratish hamda milliy yutuqlarimizni dunyoga namoyon etish ustuvor vazifamiz, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tilagimiz, madhiyamiz vatanimizga bo‘lgan muhabbat va fidoyilik ramzi sifatida har birimizni ulug‘ maqsadlar sari ilhomlantiraversin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring