Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik yoshlar xalqaro kiberxavfsizlik bellashuvida birinchi o‘rinni egallashdi

O‘zbekistonlik yoshlar xalqaro kiberxavfsizlik bellashuvida birinchi o‘rinni egallashdi

Foto: CSEC

“Kiberxavfsizlik klubi” a’zolari “Kiberxavfsizlik markazi” tomonidan 24–29-iyul kunlari Boku shahrida (Ozarbayjon) tashkil etilgan “Yozgi kibermaktab-2023”da ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida yozgi maktab ishtirokchilari o‘rtasida bilimlar bellashuvi (CTF) o‘tkazildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, yoshlarimiz ilk marotaba ishtirok etishlariga qaramay, 6 davlatdan (Ozarbayjon, Isroil, Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston) 125 nafar ishtirokchi orasida birinchi o‘rinni egallashdi. G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Dastur doirasida 20 nafar ekspert ishtirokida kiberxavfsizlikning turli jihatlari bo‘yicha 20 dan ortiq o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazildi. Bu yoshlarning o‘zaro tajriba almashishi, sohaga oid yangiliklar bilan yaqindan tanishishi uchun imkoniyat yaratdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring