Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda sun’iy intellekt tayyorgarligi bo‘yicha ilk AILA (Artificial Intelligence Landscape Assessment) seminar-treningi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda sun’iy intellekt tayyorgarligi bo‘yicha ilk AILA (Artificial Intelligence Landscape Assessment) seminar-treningi bo‘lib o‘tdi

Bugun Raqamli texnologiyalar vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida sun’iy intellekt sohasida imkoniyatlarni rivojlantirish va mamlakatning tayyorgarlik darajasini oshirishga bag‘ishlangan “AILA in Uzbekistan Workshop” tashkil etildi.

Seminarni Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman ochib berdi. Ular o‘z nutqlarida O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlari, shuningdek, barqaror rivojlanish yo‘lida xalqaro hamkorlikning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Seminar davomida ishtirokchilar BMTTDning raqamli yondashuvi, sun’iy intellektning barqaror rivojlanishga ta’siri, shuningdek, uning boshqaruvi va etikasi borasidagi ma’ruzalarni tingladilar. Tadbirda sun’iy intellektga tayyorgarlikni baholash bo‘yicha yondashuvlar va kelgusidagi maqsadlar ham muhokama qilindi.

Tadbirning yakunida qatnashchilar sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi qadamlarni belgilash yuzasidan interaktiv muloqotda ishtirok etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring