Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston autsorsingi dunyo diqqat markazida!

O‘zbekiston autsorsingi dunyo diqqat markazida!

Ushbu tashriflar xalqaro mehmanlarga mahalliy bozor imkoniyatlari va xalqaro loyihalar uchun kadrlar salohiyati haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi.

Dastavval, OOC ishtirokchilari “Dyninno” kompaniyasining ish muhiti va muvaffaqiyatli amaliyotlari bilan tanishib, mutaxassislarning tayyorgarlik darajasini o‘rgandilar.

Tashrif chog‘ida guruhning mintaqaviy menejeri Davron Egamov kompaniya faoliyati haqida taqdimot o‘tkazib, Toshkentdagi ofis asosan sayyohlik biznesiga xizmat ko‘rsatishini, AQSh va Kanada bozorlarida mahsulot va xizmatlar taklif qilishini ta’kidladi.

“Offshore Outsourcing Conference — 2025” ishtirokchilari “Dyninno International” bilan kelgusidagi hamkorlik va autsorsing sohasida bilim almashish tashabbuslariga qiziqish bildirdilar.

So‘ngra xalqaro kompaniyalar vakillari O‘zbekistonda IT mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida delegatlar TATUning zamonaviy laboratoriyalari va o‘quv markazlari bilan tanishdilar, talabalarning tayyorgarlik darajasini baholadilar hamda IT autsorsing sohasida hamkorlik qilish va tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Universitet rahbariyati raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish uchun xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikka tayyorligini ta’kidladi.

Dastur UZINFOCOM kompaniyasiga tashrif bilan yakunlandi, unda xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Kompaniyalarga tashriflar O‘zbekistonda IT autsorsing rivojlanishining yuqori darajasini, shuningdek, sohaning mahalliy va xalqaro ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikning strategik ahamiyatini ta’kidladi.

IT Park Uzbekistan O‘zbekiston IT kompaniyalarining global bozorga integratsiyalashuviga ko‘maklashish orqali mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring