Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Laboratoriyada yetishtirilgan go‘shtlar arzon bo‘larmikin?

Laboratoriyada yetishtirilgan go‘shtlar arzon bo‘larmikin?

Foto: Polonambar.ru

Xitoylik olimlar laboratoriyada baliq filesini yetishtirishmoqda. Go‘sht yetishtirish jarayoni 17 kun davom etdi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, tayyor mahsulot ta’mi, rangi va tuzilishi bilan tabiiy filelardan sira ham farq qilmaydi.

Mushak va yog‘ hujayralari tananing 80% dan ko‘prog‘ini tashkil etadigan yirik sariq kroakerning to‘qimalaridan olingan. Olimlar bu hujayralarni o‘sish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydigan maxsus jelatin asosidagi uch o‘lchamli oziqlantiruvchi vosita ichiga joylashtirdilar.

Olimlarning ta’kidlashicha, yog‘li ildiz hujayralari ozuqaviy muhitda yaxshi o‘sadi, ammo mushak hujayralarining samaradorligi pastroq edi.

Shu sababli, hozirgi vaqtda laboratoriya filesi ko‘proq bo‘shashgan massa kabi to‘qima tuzilishiga ega bo‘lib, odamlar uni go‘sht sifatida qabul qilishmoqda.

Qayd etilishicha, bunday mahsulot kelajakda okean baliqlarining o‘rnini bosadi va tugagan go‘sht zahiralarini tiklaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring