Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” konferensiyasi tashkil etildi

“Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” konferensiyasi tashkil etildi

Foto: digital.uz

Toshkentda “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kunlik konferensiya va ko‘rgazma davomida Markaziy Yevroosiyo bo‘ylab milliy xavfsizlik markazlari, kiberxavfsizlik yechimlari provayderlari va hukumat, tijorat hamda sanoat foydalanuvchilari uchun ulanish, o‘rganish va biznes yuritish imkonini beradi.

Konferensiya ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi. 

O‘zbekiston Milliy Kiberxavfsizlik Markazi tomonidan o‘tkazilayotgan Kiberxavfsizlik sammiti texnologiyalarni namoyish etish, rag‘batlantirish, shuningdek, hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, ushbu konferensiya global xavf-xatarlarning oldini olish hamda kiberxavfsizlik, raqamlashtirish orqali taqdim etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlardan to‘liq foydalanish uchun muhim maydon hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring