Ilon Mask sun’iy intellektning xavfliligi haqida ogohlantirdi
Tadbirkor Ilon Mask sun’iy intellekt (AI) xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Insider nashri xabar berdi.
Sun’iy intellekt bo‘yicha global konferensiyada Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan suhbatda Mask sun’iy intellekt insoniyatga foyda keltirishi kerakligini aytdi. "Sun’iy intellekt yaxshilik uchun kuchga aylanishi mumkin",– dedi Ilon Mask.
Biroq, SpaceX va Tesla asoschisi sun’iy intellektning "yovuzlik kuchi"ga aylanishi ehtimoli nolga teng emasligini ta’kidladi. Mask AIni insonning barcha istaklarini bir zumda amalga oshiradigan ertaklardagi sehrli jinga qiyosladi. "Odatda bunday ertaklar yomon tugaydi",– deb xulosa qildi Mask.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter