Huawei Technologies O‘zbekistonning ta’lim va xizmatlar eksporti bo‘yicha loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida Huawei Technologies Co. Ltd. kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha prezidenti Yi Siyan (Yi Xiang) bilan telekommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ushbu yo‘nalishlarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik natijalari va istiqboldagi hamkorlikning yangi yo‘nalishdagi rejalari muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekistonda mavjud mobil aloqa operatorlari bilan amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha kompaniya tomonidan hisobot berildi.
O‘z navbatida, kompaniya rahbariyati ta’lim yo‘nalishida va xizmatlar eksportini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter