Huawei kompaniyasi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuv qanday o‘tdi?

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasida Huaweining O‘zbekistondagi kompaniyasi bosh direktori Chen Szyakay bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mehmonlar mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar haqida kelishib olishdi.
Ma’lumot uchun Huawei kompaniyasi 1987-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyo bo‘yicha axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining yechimlari va intellektual qurilmalarni yetkazib beruvchi yetakchilarlan hisoblanadi.
Huawei kompaniyasining 170 dan ziyod mamlakat va mintaqalarda 207 000 xodimlari va ofislari mavjud.
1999 yilda kompaniyaning O‘zbekistondagi idorasi qad rostlagan bo‘lib, ayni paytda kompaniyada 400 dan ortiq kishi faoliyat yuritmoqda. Shundan 70 foizini mahalliy ishchilar tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter