Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindular NASAga qarshi

Hindular NASAga qarshi

Foto: Space.com

8-yanvar kuni Vulcan Centaur raketa-tashuvchisi Astrobotic kompaniyasining Oyga qo‘nuvchi Peregrine qurilmasini olib uchishi rejalashtirilgan. Bu ilk xususiy Oy zondi hisoblanadi.

Uning bortida NASAga qarashli asbob-uskunalar, shuningdek, Celestine va Eiysium Space xususiy kompaniyalariga tegishli inson xoki va DNK joylashtirilgan idishlar bor.

Ammo Amerika navaxo hindulari uyushmasi prezidenti Buu Nigren bu missiyaga qarshi rasmiy norozilik bayonotini yo‘lladi. U Oyga inson xokining olib chiqilishini Yerning tabiiy yo‘ldoshi muqaddas sanalgan ko‘plab tubjoy xalqlari uchun tahqirlash deya baholadi. Nigren NASAdan, toki masala yechimini topguniga qadar, parvozni bekor qilishni so‘radi. NASA vakillari esa ular bu masalada shunchaki pudratchi ekanini va xususiy kompaniyalarning yuklarini Oyga eltib berishayotganini ta’kidladi xolos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring