Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Havoning ifloslanishi o‘z joniga qasd qilish darajasining oshishiga sabab bo‘lyapti

Havoning ifloslanishi o‘z joniga qasd qilish darajasining oshishiga sabab bo‘lyapti

Foto: Naked-science.ru

Mutaxassislar uzoq vaqtdan beri depressiya havo ifloslanishi bilan bog‘liq deb taxmin qilishmoqda. Bundan tashqari, depressiya odamning o‘z joniga qasd qilish ehtimolini oshiradi. Gonkongdagi Xitoy universiteti, Shanxay moliya-iqtisod universiteti va Kaliforniya universiteti mutaxassislari ushbu muammoni batafsil o‘rganishdi.

Ma’lumki, dunyodagi barcha o‘z joniga qasd qilishlarning taxminan 16 foizi Xitoyda sodir bo‘ladi. Yaqinda tadqiqotchilar ifloslangan havo va o‘z joniga qasd qilish ehtimoli qanday bog‘liqligini aniqlashga qaror qilishdi. Buning uchun ular Xitoydagi 1400 ga yaqin havo sifati monitoringi stansiyalari ma’lumotlarini tahlil qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yer yuzasi yaqinida iflos havoni ushlab turadigan termal inversiyalar havodagi mayda zarrachalarning o‘rtacha haftalik konsentratsiyasini taxminan 1% ga oshirishi mumkin. Olimlar, shuningdek, termal inversiyadan so‘ng o‘z joniga qasd qilishlar soni keskin oshganini aniqladilar. Havo ifloslanishi ko‘rsatkichlarining bitta standart og‘ishi uchun o‘z joniga qasd qilishlar 25% ga oshgan. Ammo bu ta’sir maksimal bir hafta davom etdi. 65 yoshdan oshgan ayollar orasida ham o‘z joniga qasd qilish ehtimoli ko‘proq.

Tadqiqot natijalari Nature Sustability jurnalida chop etildi.      

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring